Oʻzbekiston
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O`zbekiston (O`zbekiston Jumhuriyati) Markaziy Osiyoda joylashgan davlat.
O`zbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — O`zbek. Maydoni — 447,4 ming km2. Aholi soni (2002) - 25,563,441. Pul birligi — soʻm.
O`zbekiston 12 ta viloyat va Qoraqalpog`iston Avtonom Jumhuriyatidan iborat.
Assosiy maqola: O'zbekiston tarixi
[tahrir] Geografiya
Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6,621kmga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kmga, shimolidan janubigacha esa 925 kmga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston bilan, sharqdan Qirgʻiziston va Tojikiston bilan, janubdan esa Turkmaniston va Afgʻoniston bilan chegaradosh.
O'zbekiston aholisi 27.000 000ni tashkil qiladi. Aholining aksari qismi( 80%dan köprog'i - 22mln.kishi) özbeklardan iborat. Ayniqsa Farg'ona vodiysi, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari aholisida özbeklar hissasi juda katta. Har biri 1mlndan oshiqroq Ruslar, Qozoqlar, Tojiklar; 0,5mlnlik Tatarlar, Qirg'izlar, Qoraqalpoqlardan tashqari forslar(200 ming), koreyslar(200 ming), ukrainlar(150ming), türkmanlar(150ming), ermanilar(100ming), arablar va lölilar(50ming) va boshqalar.
[tahrir] Demografiya
Aholining ko'pchilik qismi islom dinining hanafiy mazhabidagi musulmonlardir. Yana mamlakatda pravoslav nasroniylar, qisman katoliklar, yahudiylar va baptistlar, Iegova shohidlari kabi mayda nasroniy guruhlar a'zolari ham yashaydi.
[tahrir] Davlat va Siyosat
[tahrir] Xalqaro Munosabatlar
Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi [1]. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolathonalariga ega:
- BMT
- Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonas
- BMTning milliyxalqlar Fondi
- Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
- BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF
- BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
- Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
- Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ
- Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
- Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari fyedyeratsiyasining vakolatxonasi — Red Cross
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:
[tahrir] Viloyatlar
Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Avtonom Respublikasi dan iborat.
[tahrir] Tabiiy resurslar
Oʻzbyekiston Ryespublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xoʻjaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.
Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob myetall konlarini, organik yonilgʻining barcha turlari — neft, tabiy gaz, gaz kondyensati, qoʻngʻir va yarim kokslanadigan koʻmir, yonuvchi slanetslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning koʻp turlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.
Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.
Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra Oʻzbyekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.
Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan ta’minlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo ma’danlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon byeradi. |